Mazkur platforma olimning ko‘p qirrali faoliyatini — ilmiy tadqiqotlari, ixtirolari, pedagogik merosi, publitsistik va badiiy ijodini yagona manbada jamlash, yosh tadqiqotchilar va keng jamoatchilik uchun ochiq taqdim etish maqsadida yaratilgan.
Professor Abdurashid Soliyevich Xasanov — O‘zbekistonning yetakchi olimlaridan biri, texnika fanlari doktori, professor, Rossiya tabiatshunoslik akademiyasi, Butunjahon Konchilik akademiyasi, Xalqaro ekologiya va hayot xavfsizligi fanlari akademiyasi, Turon fanlar akademiyasi, Xalqaro muhandislar akademiyasi a’zosi hisoblanadi.
Uning ilmiy faoliyati konchilik, metallurgiya, geotexnologiya, gidrogeologiya va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘nalishlarini qamrab oladi. Olim tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar O‘zbekiston sanoatida amaliy natijalar bergan, ko‘plab yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning shakllanishiga zamin yaratgan.
Professor Xasanov ilm-fan, ta’lim, publitsistika va adabiyot sohalarida ham samarali faoliyat yuritib keladi. U o‘zining 500 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop ishlari, 28 ta monografiyasi, 20 dan ortiq risola va darsliklari, shuningdek she’riy va publitsistik asarlari orqali o‘zbek ilmiy va madaniy merosini boyitgan.