Abdurashid Soliyevich Xasanov — O‘zbekistonning yetakchi olimlaridan biri, texnika fanlari doktori, professor. U Rossiya tabiatshunoslik akademiyasi, Butunjahon Konchilik akademiyasi, Xalqaro ekologiya va hayot xavfsizligi fanlari akademiyasi, Turon fanlar akademiyasi hamda Xalqaro muhandislar akademiyasi a’zosidir.
Ilmiy faoliyati konchilik, metallurgiya, geotexnologiya, gidrogeologiya va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘nalishlarini qamrab oladi. Professor 500 dan ortiq ilmiy maqola, 28 ta monografiya, 20 dan ziyod darslik va risolalar muallifi hisoblanadi.
1958-yil Toshkent viloyati, Obiz qishlog‘ida tug‘ilgan.
1975–1983 yillarda Toshkent politexnika instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakultetida “Rangli metallar metallurgiyasi” bo‘yicha tahsil olgan. Talabalik bilan birga “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” korxonalarida ishlab, amaliy tajriba orttirgan.
1988–1991-yillarda Moskva Po‘lat va qotishmalar institutida aspiranturada tahsil olgan.
“Pirometallurgiya usulida konverter toshqollarini ekologik xavfsiz qayta ishlash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2001-yilda NDQMI (hozirgi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti) Olmaliq KMFini tashkil etish tashabbuskori va birinchi rahbari bo‘lgan.
20 dan ortiq falsafa doktorlari (PhD) va 5 nafar texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega shogirdlar tayyorlagan.
Konchilik va metallurgiya texnologiyalari
Geotexnologiya va gidrogeologiya
Texnogen chiqindilarni qayta ishlash (“termogravitatsiya” yondashuvi)
Resurslardan oqilona foydalanish va sanoat ekologiyasi
“Mehnat shuhrati” ordeni (2000-yil)
“Konchilik shuhrati” I–III darajali ko‘krak nishonlari
Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) “Ixtirochilik uchun” oltin medali (Jeneva, 2017-yil)
“Abdurashid Soli” taxallusi ostida she’r, esse va publitsistik asarlar yozgan.
“Jilğa” nomli adabiy to‘garakka rahbarlik qilgan. Uning shogirdlari orasida o‘z she’riy va badiiy to‘plamlarini nashr ettirgan ijodkorlar ham bor.